XXR tushayotgan fond bozorini barqarorlashtirish uchun $287 mlrd sarflamoqchi

Iqtisodiyot

Xitoy hukumati buzilgan fond bozorini barqarorlashtirish maqsadida 2 trillion yuan miqdorida maxsus fond tashkil etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

XXR tushayotgan fond bozorini barqarorlashtirish uchun $287 mlrd sarflamoqchi
Mablag‘larni birinchi navbatda Xitoy davlat kompaniyalarining ofshor hisob raqamlaridan olish, keyinchalik ulardan Gonkong fond birjasi orqali aksiyalarni sotib olish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, aksiyalarga sarmoya kiritish uchun 300 milliard yuan ($42 mlrd) mahalliy mablag' ajratilgan.

Ushbu chora-tadbirlar Xitoyda besh yillik eng past darajaga yetgan fond bozori qulashining oldini olishga qaratilgan. 2021-yil boshidan buyon Xitoy kompaniyalarining umumiy bozor kapitallashuvi 6 trillion dollarga kamaydi.

Pekin maxsus fond yaratishdan tashqari, aniq chora-tadbirlar belgilanmagan bo‘lsa-da, mahalliy investorlarni tinchlantirishga harakat qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing