Yamanda Husitlar Tankerni Yoqib Yuborishdi: Tarixdagi Eng Katta Neft To‘kilish Xavfi Yuzaga Keldi
Dunyo
Yamandagi husitlar tomonidan Qizil dengiz sohillarida hujumga uchragan tankerdan bir million barrel neft to‘kilishi xavfi yuzaga keldi. O‘mon qirg‘oqlarida tashlab ketilgan MV Sounion tankeri, 21-avgust kuni gretsiyalik ekipaji tomonidan tashlab ketildi.
Hujum natijasida, tankerni tark etishga majbur bo‘lgan 25 kishilik ekipaj Yevropa harbiy kemasi tomonidan qutqarildi. Husitlar keyinchalik tankerni egallab, palubasini bir necha joyda yoqib yuborgan. Husitlar yetakchisi bu hujumni “qattiq jasorat” deb ta’rifladi.
Yevropa Ittifoqi harbiy kuchlari dushanba kuni bergan xabarga ko‘ra, tanker hali ham yonmoqda va agar olovni tez orada nazoratga olmasa, tarixdagi eng katta neft to‘kilishi sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
AQSh Davlat departamenti MV Sounion tankeri neft to‘kilishi 1989 yilda Alyaskadagi Exxon Valdez hodisasidan to‘rt baravar katta bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. O‘sha vaqtda 2,100 km qirg‘oq chizig‘i ifloslangan edi.

Powered by Froala Editor