Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidentiga aylandi

Biznes

Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududida soliq rezidenti – “YandexGo UB” MChJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidentiga aylandi
Shu kundan boshlab Yandex Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.

Ridetech International B.V. Soliq qoʻmitasini rasmiy xat orqali xabardor qilgan.

Shu bilan birga, Yandex Go xizmatini fiskal ma'lumotlar operatori bilan integratsiyalash bo'yicha ishlar yakunlangan.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing