Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni maʼlum qilindi

O'zbekiston

Toshkent viloyatning 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda.

Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni maʼlum qilindi
Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta MFYlar Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Bu haqda ma'lumot Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasining hisobotida keltirilgan.

Unga ko'ra, Yuqori Chirchiq tumanidan to‘liq - 20 ta va qisman - 11 ta; O‘rta Chirchiq tumanidan to‘liq 3 ta va qisman 3 ta MFY Yangi Toshkent hududiga qo'shiladi.

Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy obyektlar soni jami 19 723 tani tashkil etmoqda. Shundan turar joylar 18 773 ta, noturar joylar 891 ta va ko‘p qavatli uylar 52 tani tashkil etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing