Yangi yilda bolalar Prezident sovg‘alari olishadi

O'zbekiston

Yangi yil bayrami har yili o'zining yorqin xotiralari va jo'shqin hissiyotlari bilan barchaning yodida qoladi. Ayniqsa bu bayramni bolalar o'zgacha quvonch bilan kutishadi. Har yili mamlakat prezidenti tomonidan mehrga muhtoj bolajonlar uchun Prezident sovg'alari ulashiladi. Bu yil ham an'anaga muvofiq Prezident sovg'alari vaqtida yetkazilishi uchun hududlarga yetkazildi.

Yangi yilda bolalar Prezident sovg‘alari olishadi
O‘zbekistonda yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va eʼtiborining yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan. Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugungi kunga kelib Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing