Yanosh Boka: Vengriya Ukrainaga yordam berishda Yevropa Ittifoqining do’q-po’pisasiga berilmaydi
Siyosat
Vengriya Ukrainaga yordam berish masalasida Yevropa Ittifoqining do’q-po’pisasiga berilmaydi, dedi Yevropa Ittifoqi ishlari bo'yicha mamlakat vaziri Yanosh Boka “Financial Times” gazetasining blokning Budapeshtga bosim o'tkazish rejalari haqidagi maqolasiga izoh berish chog’ida.
Yanosh Boka: "Vengriya do’q-po’pisasiga berilmaydi. Ushbu ma'lumot Vengriya hukumati uzoq vaqtdan beri da'vo qilgan narsani — Bryussel siyosiy bosim o'tkazish uchun Yevropa Ittifoqi fondlaridan foydalanayotganini tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi.
Vazirning so'zlariga ko'ra, Vengriya "Ukrainani qo'llab-quvvatlashni Yevropa Ittifoqi fondlariga kirish bilan bog'lamayapti va boshqalarga buni amalga oshirishga imkon bermayapti". U Vengriya konstruktiv muzokaralarda ishtirok etishga va muloqotni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor