Yaponiya KXDR raketalarini kuzatish uchun “Optical 8” sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
Texnologiya
“Optical 8” razvedka yo‘ldoshi “Mitsubishi Heavy Industries” korporatsiyasi tomonidan Koreya Xalq Demokratik Respublikasining raketalarini kuzatish va tabiiy ofatlar oqibatlarini baholash maqsadida uchirildi.
Yaponiya o‘zining yangi “Optical 8” razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirdi, u 2018-yilda ishga tushirilgan va ishlash muddati tugay deb qolgan “Optical 6” sun'iy yo'ldoshining o’rnini bosadi. O'tgan yilning boshida “Mitsubishi Heavy Industries” xuddi shu seriyadagi “Radar 7” sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqqan edi.
Yaponiyaning baʼzi razvedka yoʻldoshlari yer yuzasi tasvirlarini optik datchiklar yordamida uzatadi, boshqalari esa radar yordamida maʼlumot toʻplaydi.
“Optical 8” navbat bo’yicha qirq sakkizinchi “H-2A” raketa-tashuvchisi yordamida uchirildi. Yana ikkita uchirish rejalashtirilgan, shundan so‘ng raketa yangi “H3” raketasi bilan almashtiriladi.

Powered by Froala Editor