Yaponiya tug‘ilish ko‘rsatkichlarini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi va otalik ta'tilini joriy qilmoqchi

Dunyo

Yaponiya davlat xizmatchilari uchun to‘rt kunlik ish haftasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu ishlayotgan ota-onalarga yordam berish va mamlakatdagi past tug‘ilish ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan so‘nggi choradir.

Yaponiya tug‘ilish ko‘rsatkichlarini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi va otalik ta'tilini joriy qilmoqchi
Tokio gubernatori Yuriko Koike chorshanba kuni o‘z siyosiy nutqida, "Biz ish uslublarini qayta ko‘rib chiqamiz, moslashuvchanlikni ta’minlab, hech kimni farzand tug‘ilishi yoki ularni tarbiyalash kabi hayotiy voqealar tufayli ishini tashlashga majbur qilmaymiz. Endi Tokio xalqimizning hayoti, tirikchiligi va iqtisodiyotini saqlab qolish uchun tashabbusni qo‘lga olish vaqti keldi," dedi.

Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili faqat 727,277 tug‘ilish qayd etilgan, tug‘ilish koeffitsienti – ayol hayoti davomida ko‘rishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha farzandlar soni – 1,2 ga tushgan. Aholi sonini barqaror saqlash uchun ushbu ko‘rsatkich 2,1 bo‘lishi kerak.

Yaponiya hukumati aholi inqirozini bartaraf etish uchun "hozir yoki hech qachon" siyosatlarini joriy etmoqda, jumladan erkaklarning otalik ta’tillarini ta’minlash va ish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan mahalliy tashabbuslar bilan chiqmoqda.

To‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish G‘arb mamlakatlarida tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ba’zi kompaniyalar iste’dodlarni jalb qilish va ish-hayot muvozanatini yaxshilash uchun qisqartirilgan ish soatlarini sinab ko‘rmoqda. Ba’zi tadqiqotlar bunday tizim xodimlar farovonligi va mahsuldorligini oshirishini ko‘rsatgan.

Nafaqat Yaponiya balki Singapur ham yil boshida barcha kompaniyalarni xodimlarning moslashuvchan ish rejimlari bo‘yicha talablarini ko‘rib chiqishga majbur qiluvchi yangi ko‘rsatmalarni joriy etdi. Bu to‘rt kunlik ish haftasi yoki moslashuvchan ish soatlarini o‘z ichiga olishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing