Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 168 kishiga yetdi

Dunyo

So’nggi maʼlumotlarga koʻra, Yaponiyaning Ishikava viloyatidagi Noto yarimorolida sodir boʻlgan zilzilalar qurbonlari soni 168 kishiga yetdi. Bir necha kun avval 128 kishi halok boʻlgani, 103 kishi bedarak yoʻqolganligi haqida xabar berilgan edi.

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 168 kishiga yetdi
Qolaversa, 1-yanvar kuni Yaponiyada sodir bo‘lgan ketma-ket zilzila oqibatida 600 dan ortiq odam jabrlangan. 2016-yildan beri ilk marotaba qurbonlar soni 100 kishidan oshdi.

Zilzilalar oqibatida yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘ldi, bu esa 2,3 mingdan ortiq odamni aloqa vositalaridan mahrum qildi. Ba’zi hududlarda sunami ham qayd etilgan va qirg‘oqdagi to‘lqinlar balandligi 4,2 metrga yetgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing