“Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi
O'zbekiston
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun rasman kuchga kirdi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 27 avgustda qabul qilingan bo‘lib, 20 sentyabr kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.
Qonunni ishlab chiqishda Avstraliya, Kanada, AQSH, Rossiya, Turkiya, JAR, Indoneziya, Ozarbayjon va Qozog‘iston kabi davlatlarning sohadagi tajribasi o‘rganildi. Hujjatda xorijiy investorlar va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Qonun loyihasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari ishtirokida muhokama qilindi.
Shuningdek, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Fanlar akademiyasi va Strategik islohotlar agentligi mutaxassislari ham o‘z takliflarini kiritdi.
Qonun yer osti boyliklarini mas’uliyat bilan geologik jihatdan o‘rganish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni tizimli yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mavjud xomashyo negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solish, olis hududlarda barqaror ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyot uchun soliq bazasini kengaytirish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga ko‘maklashadi.

Powered by Froala Editor