Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Siyosat

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston bilan savdo, transport, yashil va raqamli transformatsiya bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirmoqchi.

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozef Borel Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Torobayev bilan Bryusselda boʻlib oʻtgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo transport investitsiyasi forumi doirasidagi uchrashuvi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“IFTC24’da Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Torobayev bilan uchrashishdan mamnunman. Biz kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez orada imzolashni, shuningdek, savdo, transport, yashil va raqamli transformatsiyalar bo‘yicha hamkorligimizni yanada mustahkamlashni intiqlik bilan kutamiz”, dedi yevropalik diplomat.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi Rossiyani chetlab o‘tib, Janubiy Kavkaz va Turkiya orqali Markaziy Osiyodan Yevropaga transport koridorini yaratish uchun 10 milliard yevrogacha sarmoya jalb qilmoqchi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing