Yevroparlament Zelenskiyning UPA bo‘yicha qarorini tanqid qildi, ammo Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi
Dunyo
Yevropa parlamenti Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning elita harbiy bo‘linmalaridan birini Ikkinchi jahon urushi davridagi Ukraina qo‘zg‘olonchilar armiyasi — UPA nomi bilan atash haqidagi qarorini tanqid qildi. Shu bilan birga, deputatlar Ukrainaning kelajagi Yevropa Ittifoqi bilan bog‘liq ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Yevrodeputatlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlagan tuzatish Ukrainaning YIga a’zolik yo‘lidagi taraqqiyotini baholovchi hisobotga kiritildi. Hujjatda Ukraina prezidentining qarori Kiyev va Varshava munosabatlarini murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan «keraksiz va hech qanday sababga ega bo‘lmagan keskinlashuv» sifatida baholandi.
UPA bilan bog‘liq tarixiy kelishmovchiliklarga alohida e’tibor qaratildi. Ukrainada tashkilot mustaqillik uchun kurash va sovet hokimiyatiga qarshilik bilan bog‘lanadi. Polshada esa UPA, avvalo, 1943–1945-yillardagi Volin fojiasi bilan eslanadi. Ushbu voqealarda o‘n minglab polyaklar halok bo‘lgan. Varshava bu hodisalarni genotsid deb baholaydi, Kiyev esa bunday ta’rifni qabul qilmaydi.
Yevroparlament Zelenskiyning qarori Polsha jamiyatining tarixiy xotirasi va qurbonlar oilalarining his-tuyg‘ularini yetarlicha hisobga olmaganini bildirdi. Deputatlar bu qadam yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga zarar yetkazishi va Yevropa qadriyatlariga mos kelmasligini ta’kidlab, Ukraina va Polshani keskinlikni kamaytirish hamda tarixiy yarashuvga chaqirdi.
Bahs fonida Polsha prezidenti Karol Navrotskiy Zelenskiyni mamlakatning oliy davlat mukofoti — Oq burgut ordenidan mahrum qildi. Ukraina prezidenti esa ikki davlat munosabatlarida «tarixning murakkab sahifalari» mavjudligini tan olib, tomonlarni kelajakka va Rossiya tomonidan kelayotgan umumiy tahdidga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Tanqidlarga qaramay, Yevroparlament Rossiya agressiyasi sharoitida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi va mamlakatning Yevropa integratsiyasi yo‘lidagi taraqqiyotini ijobiy baholadi. Hujjatda «Ukrainaning kelajagi — Yevropa Ittifoqida» ekani va mamlakatning YIga qo‘shilishi ittifoq uchun strategik ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor