Yoshlarning startap loyihalari jamg'arma tomonidan moliyalashtiriladi
O'zbekiston
“Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-60-sonli Prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra, Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Jamgʻarma mablagʻlari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSH dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.
Jamgʻarma koʻmagida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichi hisoblanadi.
Belgilangan daryo, kanal va sohil boʻylarida xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.
Yoshlar ishlari agentligining Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma huzurida ustav fondi 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamgʻarma tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor