Zelenskiy: Urushni to'xtatish uchun Ukraina hududi "NATO soyasiga" olinishi kerak
Dunyo
Vladimir Zelenskiy Ukraina tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarni "NATO soyasiga" olishni taklif qildi. "Bu Rossiya bilan urushning "issiq bosqichini" to'xtatishga yordam beradi", dedi u o'z intervyusida.
Zelenskiy: "Agar biz urushning issiq bosqichini to'xtatmoqchi bo'lsak, o'z nazoratimizdagi Ukraina hududini NATO soyasiga olishimiz kerak. Buni tezda amalga oshirishimiz kerak, shundan so'ng Ukraina boshqa hududlarini diplomatik yo'l bilan qaytarib olishi mumkin."
U yana NATOga a'zolik haqida shunday dedi: "Bu taklif Ukraina tomonidan hech qachon ko'rib chiqilmagan, chunki hech kim bizga rasmiy ravishda buni taklif qilmagan."
Shuningdek, intervyuda Zelenskiy har qanday taklif faqat "xalqaro tan olingan chegaralar ichida" berilishi kerakligini, "bir davlatning faqat bitta qismiga taklif berib bo'lmasligini" ta'kidladi.
Oktabr oyida Zelenskiy o'zining g'alaba rejasi haqida ma'lumot bergan edi. Associated Pressning xabar berishicha, Rossiyaning bosqini bilan kurashda Ukrainaning g'alaba qozonish rejasini Zelenskiy keyingi yil tinchlikka olib kelishi mumkinligini aytgan, ammo bu rejada ba'zi muhim G'arbiy ittifoqchilar tomonidan hozircha rad etilgan bir qadam mavjud: "Urush tugashidan oldin Ukrainani NATOga qo'shishga taklif qilish".
Intervyu davomida prezident, Rossiyaning dron va raketa hujumlari Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazib, bir milliondan ortiq odamni sovuqda va elektr ta'minotisiz qoldirgani, haqida ham aytib o'tdi.

Powered by Froala Editor