Ziroat Mirziyoyeva BMTda: "Dunyoda 2 milliarddan ortiq bola kasallik xavfi ostida"
O'zbekiston
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, JSST, St. Jude bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi va Zamin jamg‘armasi hamkorligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning mavzusi — onkologik va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini oshirish bo‘yicha global harakat.
Zamin jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ta’kidlashicha, bugun dunyo bo‘yicha 2 milliarddan ortiq bola yuqumsiz kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat chekmoqda, jumladan millionlab bolalar saraton bilan kurashmoqda. «Tibbiyot yutuqlariga qaramay, rivojlangan davlatlarda bolalar saratonidan omon qolish darajasi 80% dan yuqori, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 30% dan past. Bu tafovut qabul qilib bo‘lmaydi va biz uni kamaytirish choralarini ko‘rishimiz shart», — dedi u.
Tadbirda qator davlatlarning birinchi xonimlari, 20 dan ortiq mamlakat sog‘liqni saqlash vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi. Mehrli maktab bitiruvchisi va ko‘ngillisi Samira Idrisovaning shaxsiy hikoyasi tadbir qatnashchilarini chuqur ta’sirlantirdi.
Ishtirokchilar 2030 yilga borib bolalar saratonida omon qolish darajasini 60% ga yetkazish maqsadini qo‘llab-quvvatladilar va sog‘liqni saqlash tizimlarini adolatli hamda barqaror asosda rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, serpanjara anemiyaga qarshi global tashabbusni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor