2023-yil 7-oktabrdan beri bolalarning 1 foizi Isroil hujumlari qurboniga aylandi

Dunyo

Gʻazoda Isroilning hujumlari oqibarida 10 mingdan ortiq bola halok bo'lgan.

2023-yil 7-oktabrdan beri bolalarning 1 foizi Isroil hujumlari qurboniga aylandi
2023-yil 7-oktabrdan beri G‘azo sektoridagi bolalarning bir foizi Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi. Bu haqda Save the Children xalqaro tashkiloti G‘azo sektori sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Huquq himoyachilari Isroilning blokirovka qilingan hududga qilgan hujumlari paytida 10 mingdan ortiq bola halok bo'lganini va G'azoda umumiy 1,1 million voyaga yetmagan bolalar istiqomat qilishini aytdi.

“G‘azo sektoridagi zo‘ravonliklardan omon qolgan bolalar ta’riflab bo‘lmas dahshatlarga duch kelishadi, jumladan, shaxsiy hayotini o‘zgartirib yuboruvchi jarohatlar, kuyishlar, kasalliklar, tibbiy yordamning yetishmasligi, ota-onalari va boshqa yaqinlaridan judo bo‘lish. Xavfsiz joy yo‘qligi sababli ular bir necha bor zo‘ravonlikdan qochib, noaniq kelajak dahshatiga duch kelishga majbur bo‘lgan”, deyiladi hisobotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing