2030-yilga borib, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berish imkoniyati bor
O'zbekiston
2030-yilga borib O‘zbekistonda mutlaq qashshoqlikni to‘liq tugatish imkoniyati mavjud. Buni Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni Namanganda boshlangan “Qashshoqlikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ta’kidladi.
Davlat rahbari qayd etishicha, global beqarorlikka qaramay, O‘zbekistonda qashshoqlikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. So‘nggi yillarda 7,5 mln fuqaro qashshoqlikdan chiqarildi, 2024-yilda uning darajasi 8,9 foizgacha tushirildi, yil oxirigacha 6 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot ikki barobar o‘sib, aholi jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetdi. “Biz 2030-yilgacha qashshoqlikni ikki barobar kamaytirish majburiyatini allaqachon bajaryapmiz. Endi mutlaq qashshoqlikni butunlay tugatishga ham erishamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Qashshoqlikdan — farovonlik sari” dasturi 7 ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi:
yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish (2024-yilda 35 mlrd dollar investitsiya jalb etildi, 9 ming korxona ochildi);
ta’lim va kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish (5 yilda 800 ming kishi zamonaviy kasb egalladi);
ayollarning jamiyatdagi ishtirokini kengaytirish (faqat shu yili 1,7 mln ayol ishga joylashdi);
aholining kam ta’minlangan qatlamlari uchun arzon tibbiy xizmat;
“Inson” markazlari orqali manzilli ijtimoiy himoya;
mahallalarda infratuzilmani yaxshilash;
davlat xarajatlarining 70 foizidan ortig‘ini BMT Taraqqiyot maqsadlariga yo‘naltirish.
Forumda Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, JICA, Jahon banki va BMT vakillari qatnashdi. 2026-yilda Xivada “qashshoqlikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasi” bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Powered by Froala Editor