Yosh xodimlari bor tadbirkorlarga ijtimoiy soliqlarni qaytarish tartibi uzaytirildi

Biznes

O‘zbekiston Prezidentining 26-aprel kuni imzolagan qaroriga muvofiq, joriy yilning 1-mayidan 2025-yil 1-yanvarigacha ish beruvchilar 25 yoshga to‘lmagan ishchilarni ishga qabul qilishda yana ijtimoiy soliq to‘lovlarini qaytarib oladi.

Yosh xodimlari bor tadbirkorlarga ijtimoiy soliqlarni qaytarish tartibi uzaytirildi
Mazkur imtiyozdan barcha ish beruvchilar: budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar foydalanishi mumkin, 1 foiz stavka bo‘yicha ijtimoiy soliq to‘lovchilar bundan mustasno.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

Maʼlumot uchun, mazkur imtiyoz 2021-yil 1-maydan joriy qilingan va 2023-yil 1-yanvargacha amal qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing