Saida Mirziyoyeva AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va yangi istiqbollarni belgilashga bag‘ishlandi.

Saida Mirziyoyeva AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning sur’ati va izchilligini muhokama qildilar.

AQSH vakillari mamlakatda so‘nggi yillarda kechayotgan ochiq va tizimli islohotlarni yuqori baholab, ularning iqtisodiyot, ta’lim va inson huquqlari sohalarida muhim natijalar berganini ta’kidladilar.

Uchrashuvda, shuningdek, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning ochiqlik va ishonch siyosati xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlar tomonlarga o‘zaro salohiyatni chuqurroq anglash va barqaror hamkorlikni rivojlantirish imkonini beradi.

Ma’lumot Saida Mirziyoyeva — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining rasmiy kanalidan olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing