ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistondagi loyiha uchun YeTTB kreditini jalb qilmoqchi

O'zbekiston

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Toshkent viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish loyihasini amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) kredit mablag‘larini jalb etish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistondagi loyiha uchun YeTTB kreditini jalb qilmoqchi
ACWA Power 200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi va soatiga 500 MVt quvvatga ega energiya saqlash tizimlarini qurishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati $546,33 millionga baholanmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun ACWA Power O‘zbekistonda aynan shu maqsadda yaratilgan ACWA Power Riverside Solar kompaniyasi orqali $140 million miqdorida kredit jalb qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha bir qancha loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing