Aholiga qulay bo‘lishi uchun yagona ijtimoiy karta joriy etiladi

O'zbekiston

Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

Aholiga qulay bo‘lishi uchun yagona ijtimoiy karta joriy etiladi
Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakuniga qadar hamma joyda ishga tushiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing