Anvar Anvarov Brilliant ligasi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Sport

Shveytsariyaning Lozanna shahrida o‘tgan Brilliant liga bosqichida o‘zbekistonlik yengil atletikachi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Anvar Anvarov Brilliant ligasi oltin medalini qo‘lga kiritdi
Lozannada yengil atletikaning eng nufuzli musobaqalaridan biri — Brilliant liganing navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy kashfiyoti o‘zbekistonlik sportchi Anvar Anvarov bo‘ldi, u uzunlikka sakrashda birinchi o‘rinni egalladi.

Anvarov 7,84 metr natija ko‘rsatib, ikkinchi o‘rinni olgan mezbon Simon Ehammer (7,72 m) va uchinchi o‘rinni olgan, 2019 yilgi jahon chempioni yamaykalik Tedjay Gaylni (7,71 m) ortda qoldirdi.

Bu g‘alaba tarixiy bo‘ldi: Anvarov — O‘zbekistondan Brilliant liga bosqichida g‘olib chiqqan ikkinchi sportchi. Bungacha bunday yutuqqa balandlikka sakrovchi Safina Sadullayeva erishgan edi.

Lozannadagi bu muvaffaqiyat O‘zbekiston yengil atletikasining jahon maydonidagi mavqeini yanada mustahkamladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing