Anvarov va Mahkamov Istanbulda mukofot podyumiga chiqdi
Sport
Istanbuldagi xalqaro yengil atletika musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tayyorgarlik darajasini yana bir bor namoyon etdi: ikki sportchi medallarni qo‘lga kiritib, mamlakat hisobini boyitdi.
Uzoqqa sakrash bahslarida Anvar Anvarov 7,71 metr natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uch karra sakrashda Ibrohim Mahkamov 16,19 metr bilan ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchilarning muvaffaqiyatli ishtiroki o‘zbekistonlik yengil atletlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini tasdiqladi va milliy terma jamoaning tayyorgarlik tizimi samaradorligini ko‘rsatdi.
Sportchilarning muvaffaqiyatli ishtiroki o‘zbekistonlik yengil atletlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini tasdiqladi va milliy terma jamoaning tayyorgarlik tizimi samaradorligini ko‘rsatdi.
Powered by Froala Editor