“Apple” dunyodagi eng qimmat brend sifatida tan olindi
Biznes
Brend qiymati yil davomida 74% ga o'sdi va 516,6 milliard dollarga yetdi.
“Apple” kompaniyasining qiymati 74% ga oshib, 516,6 milliard dollarga yetganidan so‘ng dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Shu bilan birga, “Amazon” kompaniyasining qiymati atigi 3,2% ga o'sib, 308,9 milliard dollarni tashkil etdi. Ma'lumotlar “Brand Finance Global 500” tahlilchilarining yillik tadqiqotida keltirilgan.
“Apple” kompaniyasi, “iPhone” savdosi ulushi barqarorlashganiga qaramay, o‘z brendi qiymatini sezilarli darajada oshirgan. Kompaniya hali ham 71% ulush bilan premium smartfonlar bozorida yetakchilik mavqeini saqlab kelmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinda to‘rtinchi o‘rindan ko‘tarilib, o‘z qiymatini qariyb 78% ga oshirib, 340,4 milliard dollarga yetkazgan “Microsoft” brendi joylashgan. “Google” uchinchi o‘rinni egallab, o‘z qiymatini 18,5% ga oshirib, 333,4 milliard dollarga yetkazdi.
“Samsung” va “Walmart” kompaniyalari ancha orqada qolmoqda, boisi ularning brendlari salbiy dinamikani namoyish etdi. “Samsung” brendining qiymati 0,3% ga kamayib, 99,4 milliard dollarga, “Walmart”ning qiymati esa 15% ga tushib, 96,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Powered by Froala Editor