AQSh Eron bilan mojaroni 9-aprelgacha hal qilishni rejalamoqda

Dunyo

AQSh Eron bilan mojaroni 9-aprelga qadar hal qilishni rejalamoqda. Bu haqda Ynet nashri manbaga tayanib xabar berdi.

AQSh Eron bilan mojaroni 9-aprelgacha hal qilishni rejalamoqda
Manbaga ko‘ra, Vashington ushbu sanani shartli ravishda «urush yakuni kuni» sifatida belgilagan. Qolgan uch hafta davomida harbiy harakatlar bilan bir qatorda diplomatik muzokaralar ham olib boriladi.

Aytilishicha, bu muddat AQSh prezidenti Donald Trampning 21–22-aprel kunlari Isroilga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U yerda unga mamlakatning eng oliy mukofoti — Isroil mukofoti topshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkin, ehtimoliy maydon sifatida Pokiston ko‘rib chiqilmoqda. Donald Tramp Fox telekanaliga bergan intervyusida kelishuv yaqin besh kun ichida erishilishi mumkinligini aytgan. CNN bilan suhbatda esa tomonlar muzokaralarga qiziqish bildirayotganini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Tramp muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, AQSh Eron hududiga zarbalarni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing