AQSh Kongressida hukumatni vaqtincha moliyalashtirish loyihasi bo'yicha kelishuvga erishildi

Dunyo

Vakillar palatasi va Senat rahbarlari 20-yanvar kuni hukumatning qisman yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni vaqtincha moliyalashtirishga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

AQSh Kongressida hukumatni vaqtincha moliyalashtirish loyihasi bo'yicha kelishuvga erishildi
"Hukumatning yopilishini oldini olish Vakillar palatasi va Senatda ikki partiyaviy hamkorlikni taqozo etadi. Shu maqsadda, qonun loyihasini juma kunidan kechiktirmay, tezda qabul qilish va prezident stoliga yuborish kerak", — dedi Senatdagi demokratik ko'pchilik yetakchisi Chak Shumer.

Uning so'zlariga binoan, AQSh Senati ushbu qonun loyihasi bo'yicha ovoz berish jarayonini 16-yanvar kuni boshlaydi.

Avvalroq “Politico” gazetasi AQSh Kongressi hukumatni moliyalashtirishni 2024-yil martigacha davom ettirish bo‘yicha murosa qonun loyihasini qabul qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, AQSh Kongressi quyi palatasi spikeri Mayk Jonsonning noroziligiga qaramay, Vakillar palatasi va Senat ushbu loyiha bo‘yicha kelishuvga erisha olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing