AQSH viza olish tartibini o‘zgartirdi: o‘zbekistonliklar uchun yangi tartiblar
O'zbekiston
6-sentyabrdan boshlab AQSh Davlat departamenti yangi tartibni joriy etdi: endilikda xorijiy fuqarolar vizaga ariza topshirishi va suhbatdan o‘tishi faqat o‘z mamlakatidagi AQSh elchixonasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston fuqarolari uchun bu Toshkentdagi AQSh elchixonasi hisoblanadi.
Avval fuqarolar boshqa davlatlardagi AQSh elchixona va konsulliklariga murojaat qila olardi. Endi bu faqatgina boshqa mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lganlar uchun amal qiladi.
Rossiya fuqarolari vizaga Astanada (Qozog‘iston) yoki Varshavada (Polsha), belarusliklar — Varshava va Vilnyusda, ukrainaliklar esa — Varshava yoki Krakovda murojaat qilishlari mumkin.
Davlat departamenti ma’lum qilishicha, ilgari belgilangan suhbatlar bekor qilinmaydi, biroq uchinchi davlatlarda murojaat qiluvchilar uchun kutish muddati ancha uzun bo‘ladi.
Diplomatlar, xalqaro tashkilotlar xodimlari hamda favqulodda gumanitar yoki tibbiy vaziyatlarda istisnolar qo‘llaniladi.
Shuningdek, AQSh avvalroq 55 mln faol vizani qayta ko‘rib chiqishini va xorijiy yuk mashinasi haydovchilariga viza berishni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qilgan edi.

Powered by Froala Editor