Armaniston Ozarbayjonga hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma tuzishni taklif qildi

Siyosat

Pashinyan tinchlik shartnomasini imzolash jarayoni cho‘zilgan taqdirda, Ozarbayjonga “hujum qilmaslik to‘g‘risida pakt” tuzishni taklif qilganini aytdi.

Armaniston Ozarbayjonga hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma tuzishni taklif qildi
Armaniston Ozarboyjonni tinchlik shartnomasini imzolash jarayoni cho‘zilsa, hujum qilmaslik to‘g‘risidagi paktni imzolashga taklif qildi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Armiya kuniga bag‘ishlangan nutqida ma'lum qildi.

"Biz Ozarboyjonga qurol-yarog‘larni o‘zaro nazorat qilish mexanizmini joriy etishni taklif qildik. Shuningdek, agar tinchlik shartnomasini imzolash kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqtga cho‘zilsa, hujum qilmaslik to‘g‘risidagi paktni imzolash taklif qilindi", deya ta’kidladi Pashinyan.

U Armaniston tinchlik haqidagi kun tartibiga sodiq ekanini va undan chetga chiqmasligini qayd etdi. Shuningdek, Yerevanning “o‘z suverenititidan” boshqa hech qanday hududga da’vosi yo‘qligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing