Baxtiyor Saidov arab davlatlari elchilari bilan uchrashdi
O'zbekiston
Uchrashuvda 9 ta arab davlati — BAA, Falastin, Iordaniya, Jazoir, Kuvayt, Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni va Ummon elchilari qatnashdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov arab davlatlari elchilari bilan uchrashdi. Bu haqda vazir oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“BAA, Falastin, Iordaniya, Jazoir, Kuvayt, Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni va Ummonning O‘zbekistondagi elchilari bilan birgalikda ikki va ko‘p tomonlama aloqalarimizni yanada boyitish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlatlarimiz oldida turgan mintaqaviy va global masalalarni hal etish, kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan samimiy va samarali fikr almashdik”, deb yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Powered by Froala Editor