Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi

Sport

17-19 mart kunlari tarixiy Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha O‘zbekiston kubogida mamlakatning barcha viloyatlaridan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi
Ma’lum qilinishicha, terma jamoaning asosiy vakillari ushbu startga oʻzgacha hozirlik koʻrishdi. Boisi bu musobaqa orqali murabbiylar shtabi kelasi oy Yaponiyada oʻtadigan Parij-2024 litsenzion Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibini aniqlab olishi kerak edi. Ana shu omilni inobatga olgan terma jamoaning asosiy jamoasi vakillari O‘zbekiston kubogiga yanada astoydil tayyorgarlik ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari 2024-yilning 26-iyulidan 11-avgustiga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing