Benzin hajmi ikki barobar oshiriladi
O'zbekiston
Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklovlar sababli, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtincha ikki karra oshiriladi.
Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi.
Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.
Kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilgan. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.

Powered by Froala Editor