Bir kechada yana 3 ta oltin medal

Sport

Parij yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbek sportchilari rekord o’rnatishdi. O’zbekiston hisobida 8 ta oltin medal bilan umumjamoa reytingida 13-o’ringa ko’tarildi.

Bir kechada yana 3 ta oltin medal
Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltinchi oltin medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻymoqda. Buxorolik sportchimiz chempionlik jangida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini yaqqol ustunlik bilan magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Mahoratli bokschimiz Bahodir Jalolov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida bugungi final janglariga ajoyib nuqta qoʻydi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chempionlik jangida ispaniyalik Ayub Gʻadfani oʻzining kuchli va aniq zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing