“Bitcoin” 2022-yil 7-maydan beri birinchi marta 35 ming dollardan oshdi

Iqtisodiyot

23-oktyabr kuni “Bitcoin” kriptovalyutasining narxi oxirgi 24 soat ichida “Binance” savdo platformasida 15 foizga oshib, 35 200 dollardan yuqoriladi va 1,5 yillik eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

“Bitcoin” 2022-yil 7-maydan beri birinchi marta 35 ming dollardan oshdi
Qayd etilishicha, bozor kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi eng yirik kriptovalyuta o‘tgan hafta 20 foizdan ortiq oʻshish koʻrsatdi, chunki raqamli aktivlarga bo‘lgan qiziqishning oshishi narxlarning koʻtarilishiga olib kelgan. “Bitcoin” oxirgi marta bu darajaga 2022-yilning may oyida erishgan edi.

Coinglass ma'lumotlariga ko'ra, 91,200 dan ortiq treyder 310 million dollardan ortiq mablagʻ bilan likvidatsiya qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing