“BMB Trade Group” Kuzatuv kengashi raisi Alibaba.com vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Biznes

Xitoyning elektron tijorat, chakana savdo, internet va texnologiyalarga ixtisoslashgan transmilliy texnologik kompaniyasi Alibaba.com vitse-prezidenti Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida “BMB Trade Group” kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov bilan ham uchrashuv oʻtkazdi .

“BMB Trade Group” Kuzatuv kengashi raisi Alibaba.com vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Oʻzbekistonga ilk bor tashrif bilan kelgan Alibaba.com vitse-prezidenti Kris Jou “BMB Trade Group” kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov bilan uchrashdi.

2022-yilda BMB Export-Import Global kompaniyasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Alibaba.com internet savdo platformasida o‘z sahifasini yaratgan va "Golden Supplier" maqomini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur sahifada BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan jahon bozoriga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan mamlakatda yetishtirilayotgan za’faron, quruq mevalar, dukkakli mahsulotlar, shuningdek, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqidagi batafsil ma’lumotlar o‘rin olgan.

Tashrif doirasida Alibaba.com vakillari hamkorlar, eksportchilar va bu boradagi dasturlarning davlat tomonidan qay darajada qo‘llab-quvvatlanayotganiga guvoh bo‘lishdi, shuningdek, yo‘nalishdagi kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumot uchun, Xitoyning elektron tijorat, chakana savdo, internet va texnologiyalarga ixtisoslashgan transmilliy texnologik kompaniyasi Alibaba.com dunyo bo‘ylab veb-portallar orqali xalqaro savdo xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. 2022-yil iyul oyida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda tashkil topgan NEO.uz
kompaniyasiga Alibaba.com xalqaro servis hamkori maqomi berilgan.

Natijada O‘zbekiston va O‘rta Osiyoning barcha davlatlariga ushbu kompaniya o‘z
xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda 150 ga yaqin korxona Alibaba.com
platformasida xalqaro elektron savdo orqali o‘z mahsulotlarini chet davlatlarga
eksport qilyapti. Kompaniyaning O‘zbekiston imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqishlari ortmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing