BMT: Isroil hujumlari tufayli 819 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo'ldi

Dunyo

UNRWA G'azoda falastinliklar uchun xavfsiz joy qolmaganini ta'kidladi.

BMT: Isroil hujumlari tufayli 819 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo'ldi
So‘nggi ikki hafta ichida Isroil hujumlari tufayli 810 mingdan ortiq falastinlik G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotiga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.

Agentlikning ta'kidlashicha, falastinliklar har safar bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tganda ularning hayoti jiddiy xavf ostida.

Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Isroil armiyasi falastinliklardan Rafahning sharqiy mahallalarini evakuatsiya qilishni talab qilgan edi. 7-may kuni Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlanganini e’lon qildi. 10-may kuni Isroil Xavfsizlik vazirlar mahkamasi Rafahdagi harbiy amaliyotlarni kengaytirishni ma’qulladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing