BMT Rossiya va AQShning Isroil-HAMAS urushi bo'yicha rezolyutsiyalarini blokladi
Dunyo
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush bo‘yicha Rossiyaning ham, Amerikaning ham rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi.
Biri AQSH, ikkinchisi esa Rossiya va Xitoy tomonidan taklif qilingan ikki loyiha kerakli ovoz yig‘a olmaganidan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi HAMASning Isroil bilan urushiga doir rezolyutsiyani qabul qila olmadi.
Dastlab Rossiya va Xitoy AQSH taklif qilgan rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi. Unda Gʻazo sektori aholisiga oziq-ovqat, suv va dori-darmon yetkazib berilishini ta’minlash uchun jangovar harakatlarni to‘xtatish talab qilingan. Saudiya Arabistoni ham loyihaga qarshi ovoz berdi, Xavfsizlik Kengashining 10 a’zosi ushbu taklifni yoqladi, ikki nafari esa betaraf qoldi.
Rossiya keng miqyosda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi muqobil rezolyutsiya loyihasini taklif qildi, biroq u ham kerakli miqdordagi ovozni ololmadi.
Isroil rezolyutsiyaning har ikki versiyasiga e’tiroz bildirdi va HAMAS har qanday o‘t ochishni to‘xtatishdan foydalanishi mumkiligini, natijada tinch aholi uchun vaziyat yomonroq bo‘lishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor