Bojxona postida antiqa firibgarlik fosh bo‘ldi
O'zbekiston
Toshkent shahridagi “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan g‘ayriqonuniy yo‘l bilan bojxona to‘lovlaridan qochishga urinish fosh etildi. Tekshiruv davomida xorijdan keltirilgan 11 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari aslida butun bir yuk mashinasi – o‘zi ag‘daruvchi (samosval) yuk avtotransport vositasi ekani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, yuk egasi transport vositasini qismlarga ajratib, uni avto ehtiyot qismlar ko‘rinishida bojxonadan o‘tkazishga harakat qilgan. Bu orqali u 800 million so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochmoqchi bo‘lgan.
Ammo bojxona organlari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida yukning asl mohiyati aniqlanib, noqonuniy harakatning oldi olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli huquqiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Bojxona organlari fuqarolar va tadbirkorlarni qonuniy faoliyat yuritishga, shuningdek, bojxona tartib-qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.

Powered by Froala Editor