Cho‘l chekinyapti: Siberian Wellness ko‘ngillilari Orolbo'yiga saksovullar ekishdi

O'zbekiston

O‘zbekistonning sobiq Orol dengizi hududida saksovul ekish, Siberian Wellness kompaniyasi xodimlari va brend-konsultantlari uchun an’anaga aylangan. Ko‘ngillilar birlashib, ekologik falokatdan jiddiy zarar ko‘rgan mintaqaning ekotizimini tiklashga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Cho‘l chekinyapti: Siberian Wellness ko‘ngillilari Orolbo'yiga saksovullar ekishdi
Bugungi kunda cho‘llanish va tuproq degradatsiyasi global ekologik muammolardan biri hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yerlarning noto‘g‘ri ishlatilishi tufayli tuproq eroziyasi tabiiy tiklanish jarayonlariga qaraganda 100 baravar tezroq sodir bo'lyapti.Aynan suv resurslarining qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun noto‘g‘ri ishlatilishi XX asrning eng yirik ekologik falokatlaridan biriga – Orol dengizining qurib qolishiga olib kelgan edi. Oqibatlari shunchalik keng tarqaldiki, Orolning tuzli changlari hatto Antarktidadan ham topilgan.

Orolbo‘yi ekotizimini tiklash – davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanayotgan muhim vazifalardan biri. O‘zbekistonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qoshidagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsion markazi tomonidan “Mening Orol dengizim bog‘im” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Siberian Wellness kompaniyasi xodimlari, brend-konsultantlari va mijozlari loyihaning muhim qismi bo‘lib, ular ikkinchi yil ketma-ket Orol dengizi o‘rnida hosil bo‘lgan Arolqum cho‘lida tuz va qurg‘oqchilikka chidamli saksovullar ekish ishlarida ishtirok etishmoqda.

2024-yil 15-noyabr kuni “100 gektar” xalqaro o‘rmon-iqlim loyihasi doirasida 159 nafar ishtirokchi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘nta maktabidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar saksovul ko‘chatlarini ekdilar. Brend-konsultantlar va kompaniya xodimlari sa’y-harakati bilan 5220 tup ko‘chat ekish uchun mablag‘ yig‘ildi.

Ushbu aksiyada nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya va Qozog‘istondagi Siberian Wellness brend-konsultantlari ham ishtirok etishdi. Bu esa, tabiatga yordam chegaralarni tan olmasligining yana bir isboti bo'ldi.

Tadbir do‘stona muhitda, birgalikdagi ezgu maqsad yo‘lida o‘tib, an’anaga ko‘ra, qoraqalpoq tilidagi “Dengiz qayt” qo‘shig‘i ijro etildi. Bu qo‘shiq dengizning qaytishi uchun aytiladi hamda ekologik falokatni chuqur his etgan ko‘ngillilarni yana-da ruhlantirdi.

Siberian Wellness jamoasi kelgusi mavsumda yanada katta maqsadlarni oldiga qo‘ygan, ular 10 000 ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Ona tabiatni asrash uchun barchamiz birlashaylik!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing