Collins lug‘ati AI'ni yil so'zi deb e‘lon qildi

Texnologiya

Lug‘at tuzuvchilari 2023-yilda sun’iy intellektning jadal rivojlanishini qayd etib, uni “keyingi texnologik inqilob” deb atashdi.

Collins lug‘ati AI'ni yil so'zi deb e‘lon qildi
Collins English Dictionary'ga ko'ra, AI so‘zi (sun'iy intellekt) 2023-yil so'zi sifatida tan olindi. Bu haqda lug'at veb-saytida ma‘lum qilindi.

"Sun'iy intellekt - bu kompyuter dasturlari yordamida inson aqliy funksiyalarini modellashtirishni tavsiflovchi atama", deyiladi bayonotda.

Lug‘at tuzuvchilari 2023-yilda sun’iy intellektning jadal rivojlanishini qayd etib, uni “keyingi texnologik inqilob” deb atashdi. Collins lug'atining qo'shimcha qilishicha, AI nafaqat inson nutqiga taqlid qila oladi, balki taqdimot uchun matn yozishi, kechki ovqat retseptini o'ylab topishi va hokazo amallarni bajarashi mumkin.

Shuningdek, qisqa ro'yxatga deinfluencing, nepo baby va canon event so‘zlari ham kiritilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing