Davlatimiz rahbari oliygoh bilan sanoat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
Siyosat
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Yig‘ilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda ilm, ta’lim va innovatsiyaga e’tibor tubdan o‘zgardi.
Masalan, o‘tgan to‘rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirildi. Shundan muhandislik-texnika yo‘nalishidagi 176 ta loyihaga 152 milliard so‘m berilgan.
Tadqiqot, tajriba-konstruktorlik uchun xarajatlar 2 barobar o‘sgan. Bu mablag‘larning 41 foizi davlat ulushi bor korxonalarga, 34 foizi xususiy sektorga va 25 foizi oliygohlarga to‘g‘ri kelgan.
Oliygohlar fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklanayotgani, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari oliygoh bilan sanoat o‘rtasida uzilish borligini ta’kidladi. Rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o‘rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o‘rtada ko‘prik bo‘lib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qat’iy e’tiroz bildirildi.
Davlatimiz rahbari sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Ulardan ayrimlari quyidagicha:
– Texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgartiriladi;
– Universitet to‘liq dual ta’lim tizimiga o‘tadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi;
– Oliygohdagi ta’lim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Tsukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi.

Powered by Froala Editor