Dunyoga yangi "X kasalligi" pandemiyasi tahdid solmoqda

Dunyo

JSST prognozlariga ko'ra, yangi pandemiya COVID-19ga qaraganda 20 barobar ko'proq o'limga olib kelishi mumkin.

Dunyoga yangi "X kasalligi" pandemiyasi tahdid solmoqda
Sirli kasallik 15–19-yanvar kunlari Davosda boʻlib oʻtadigan forumda muhokama qilinadi. Yig'ilish ishtirokchilari sog'liqni saqlash sohasiga bo'lajak tahdidlarga tayyorlanish uchun zarur bo’ladigan chora-tadbirlarni muhokama qiladilar.

Ta'kidlanishicha, “WEF”ning sog'liqni saqlash va tibbiyot markazi dunyo bo'ylab sog'liqni saqlash natijalarini yaxshilashga, shu jumladan, ushbu sohadagi jinsiy tabaqalanishni kamaytirishga intilmoqda.

Avvalroq, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti epidemiologi Richard Pibodi virusning odamlarga yuqish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkinligi sababli parranda grippi pandemiyasi paydo bo’lishi xavfi haqida ogohlantirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing