Durov Taker Karlsonga intervyu berdi - Asosiy fikrlar
Dunyo
Telegram asoschisi Pavel Durov amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berdi. Taker Karlson ushbu suhbatning bir qismini o'zining yangi Telegram kanalida joylashtirdi.
Durovning ta'kidlashicha, Amerika razvedka xizmatlari uning faoliyatiga katta qiziqish bildirib, uning texnik xodimini yollashga harakat qilmoqda.
"Oxirgi marta AQShda bo'lganimda, men bilan Telegram’da ishlaydigan muhandis bor edi. Kiberxavfsizlik xodimlari uni yashirincha, orqamdan yollashga harakat qilishdi ... xodimlar muhandisni keyinchalik u Telegram kodiga kiritadigan ba'zi ochiq manbali vositalardan foydalanishga ishontirmoqchi bo’lishdi", — dedi Durov. Uning fikricha, bu AQSh hukumatiga Telegram foydalanuvchilari ustidan josuslik qilish imkonini bergan bo‘lardi.
Durovning o'zi ham bosimga duch keldi. Xususan, Federal tergov byurosi xodimlari uni AQShdagi aeroportda va ijaraga olgan uyida kutib olishgan. Uning so’zlariga ko‘ra, Amerika razvedka xizmatlari Telegram haqida ko‘proq ma’lumot olmoqchi.
Shu bilan birga, mashhur messenjer servisi asoschisi messenjer Rossiya rasmiylari tomonidan nazorat qilinayotgani haqidagi iddaolarni haqiqatdan uzoq deb rad etdi. Uning fikricha, bunday mish-mishlar Telegram o‘sishini cheklashga urinayotgan raqobatchilarning hiylasi bo‘lishi mumkin.
Durov BAAni tanlashini u yerda biznes yuritish qulayligi, soliq tizimining samaradorligi, yuqori sifatli infratuzilma, mamlakatning betarafligi va rasmiylar tomonidan umuman yo’qligi bilan izohladi.
Durov, shuningdek, uning messenjeri eng katta bosimni hukumatlar tomonidan emas, balki Apple va Google kabi kompaniyalar tomonidan his qilayotganini ma’lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, mazkur kompaniyalar mobil telefonlar orqali kirish mumkin bo'lgan hamma narsani nazorat qilishga qodir. Uning fikricha, ikkala kompaniya ham murosa qilishga moyil emas va Telegram ularning talablariga (aksariyati siyosatlashgan) mos kelmasa, uni ilovalar do‘konlaridan chiqarib tashlashlarini ochiq-oydin ta’kidlashmoqda.
Shunga qaramay, Durov Telegram’ning rivojlanishini o‘rmon yong‘iniga qiyosladi va bir yil ichida messenjer auditoriyasi bir milliarddan oshishini bashorat qildi. Hozirda platforma 900 millionga yaqin foydalanuvchiga ega.

Powered by Froala Editor