Ekvadordagi tartibsizlar oqibatida 1300 dan ortiq odam hibsga olindi
Dunyo
Ekvador qurolli kuchlari va politsiyasi qamoqxonadagi tartibsizliklar boshlanganidan beri 1327 kishini hibsga oldi.
Bu haqda prezident Daniel Noboa ma’muriyati “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“2024-yilning 9—14-yanvar kunlari 1327 nafar gumondor qoʻlga olindi, ulardan 143 nafari terrorizmda gumon qilinib hibsga olindi. 5 nafar terrorchi yo‘q qilindi, 2 nafar politsiyachi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 500 ga yaqin o‘qotar qurol, taxminan bir xil miqdordagi bomba va 5 tonnadan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.

Powered by Froala Editor