Erdo‘g‘an Putin bilan Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojarosini muhokama qildi

Siyosat

Erdo‘g‘an: “Tinch aholi punktlarining o‘qqa tutilishi xavotirga sabab bo‘lmoqda va bunday tashabbuslar Turkiya tomonidan ma’qullanmagan”.

Erdo‘g‘an Putin bilan Isroil va Falastin oʻrtasidagi mojarosini muhokama qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Andolu” xabar berdi.

Turkiya Prezidentining aloqa idorasidan berilgan bayonotga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Isroil va Falastin o‘rtasidagi hayajonli mojaro jarayonining borishi hamda taranglikning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini muhokama qilgan.

Suhbatda mintaqadagi insonparvarlik ehtiyojlarini qondirish uchun qanday tashabbuslar amalga oshirilishi baholangan.

Tinch aholi punktlarining o'qqa tutilishi xavotirga sabab bo'lganini va bu kabi tashabbuslar Turkiya tomonidan ma'qullanmasligini ta'kidlagan Erdo'g'an, Turkiya mintaqada osoyishtalikni ta'minlash uchun barcha sa'y-harakatlarini davom ettirishini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing