Eron Xarg orolida mudofaani kuchaytirmoqda
Dunyo
Eron Xarg oroliga qo‘shimcha harbiy kuchlar va PVO tizimlarini joylashtirmoqda. Bu AQSh ehtimoliy harbiy operatsiyasi haqidagi xabarlar fonida yuz bermoqda.
CNN xabariga ko‘ra, Eron Xarg orolida harbiy ishtirokni kuchaytirib, qo‘shimcha shaxsiy tarkib va havo hujumidan mudofaa vositalarini joylashtirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati ushbu orolni egallash orqali Tehronga bosim o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Harbiy ekspertlar bunday operatsiya katta xavflarga ega ekanini ta’kidlamoqda. Jeyms Stavridisning aytishicha, Eron dengizda ham, quruqlikda ham AQSh qo‘shinlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Eron parlamenti spikeri Mohammad Boqir Qolibof esa har qanday bosib olish urinishlariga qat’iy javob berilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat to‘liq nazorat ostida va zarurat tug‘ilsa, mintaqadagi muhim infratuzilma nishonga olinishi mumkin.
Xarg oroli Eron qirg‘oqlaridan 25–30 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, mamlakat neft eksportining 90–95 foizi aynan shu yer orqali amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor