Eronda yangi yadroviy tadqiqot reaktori qurilishi boshlandi

Dunyo

Tasnim agentligiga ko‘ra, bu hovuz tipidagi reaktor, moderator sifatida suv, yadro yoqilg‘isi sifatida uran va alyuminiy oksidi bo‘ladi.

Eronda yangi yadroviy tadqiqot reaktori qurilishi boshlandi
Eron mamlakatning markaziy qismidagi Isfaxon viloyatida 10 MVt quvvatga ega yangi yadroviy tadqiqot reaktorini qurishni boshladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

Unga ko'ra, bu hovuz tipidagi reaktor bo'lib, unda suv, yadro yoqilg'isi sifatida uran va alyuminiy oksidi bo'ladi. Tizim yuqori zichlikdagi neytronlarning kuchli oqimining manbai bo'ladi.

“Neytronlar keyinchalik sanoat va farmatsevtika sohasida keng qo'llaniladigan izotoplarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi”, deyiladi xabarda.

Agentlikning qayd etishicha, reaktorning ishlab chiqarish quvvati nafaqat mamlakatning barcha ichki ehtiyojlarini qondiradi, balki Eronga ushbu sohadagi mahsulot va xizmatlarni keyinchalik mintaqaviy va global miqyosda eksport qilishga zamin yaratadi

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing