Fazoda halqasimon ulkan tuzilma aniqlandi
Dunyo
Britaniya olimlari ulkan o'lchamdagi galaktika klasterlaridan tashkil topgan halqasimon tuzilmani aniqlashga muvaffaq bo'lishdi.
Astronomlar topilmani "Katta halqa" deb atashdi va nihoyatda ulkan bo’lgani uchun fazo borasidagi an'anaviy tushunchaga nisbatan shubha uyg'otadi. Tuzilmaning diametri 1,3 milliard yorug'lik yilini tashkil etadi. Yerdan ko'rinadigan Oy bilan qiyoslaganda, tungi osmondagi bu halqaning o'lchami 15 barobar katta bo'ladi.
Halqani oddiy ko'z bilan ko'rishning iloji yo’q, chunki u juda katta masofada — Yerdan taxminan 9 milliard yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan.
Ushbu tuzilmaning kashf etilishi kosmologiyaning asosiy tamoyillariga shubha uyg'otadi. Kosmologik prinsipga ko'ra, materiya koinotda teng taqsimlanishi darkor, shu sababli "Katta halqa" kabi ulkan shakllanishlar mavjud bo’lishi mumkin emas.

Powered by Froala Editor