Flippinda qadimiy vulqon uyg'ondi

Dunyo

Filippindagi Negros orolida joylashgan qadimiy Kanlaon vulqoni yana faollashdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, vulqon 4 ming metr balandlikka kul otgan. Bu hodisa ortidan mintaqada uchinchi xavf darajasi e’lon qilindi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Flippinda qadimiy vulqon uyg'ondi
Dengiz sathidan 2465 metr balandlikda joylashgan Kanlaon vulqoni Negros orolining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi eng qadimiy va faol vulqonlardan biri hisoblanadi. 2023-yil dekabr oyida vulqon faollashgani tufayli atrofdagi qishloqlarda yashovchi fuqarolar evakuatsiya qilingan edi.

O‘shandan buyon hududda uchinchi xavf darajasi saqlanib qolmoqda. Bu daraja lava otilishi ehtimoli yuqoriligidan dalolat beradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda xavf darajasi o‘zgarishi mumkin — bu esa magmaning yer yuzasiga tomon qanday tezlikda harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Filippin Tinch okeani bo‘yidagi "Olovli halqa" deb nomlangan hududda joylashgan bo‘lib, bu mintaqa vulqon faolligi va yer silkinishlarining yuqori darajada sodir bo‘lishi bilan mashhur.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing