Frederik X Daniyaning yangi qiroli bo'ldi

Dunyo

83 yoshli Margrete II 2023-yil 31-dekabrda o‘zining Yangi yil nutqida taxtdan voz kechish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. 14-yanvar bu qadam uchun tasodifan tanlanmagan.

Frederik X Daniyaning yangi qiroli bo'ldi
Daniya qirolichasi Margrete II 14-yanvar kuni Kopengagendagi Kristiansborg saroyida taxtdan rasman voz kechish to‘g‘risida imzo chekdi. Shundan so'ng, mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen Margrete II ning o'g'lini yangi qirol — Frederik X deb e'lon qildi.

Bundan roppa-rosa 52 yil avval, 1972-yil 14-yanvarda Daniya taxtiga Margrete II o‘tirgandi. Faqat uning amakivachchasi, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropada uzoqroq hukmronlik qildi, u 70 yillik taxtdan keyin 2022-yil 8-sentyabrda vafot etdi.

Margrete II tushuntirganidek, taxtdan voz kechish qaroriga uning 2023-yil fevralida o‘tkazilgan bel operatsiyasi sabab bo‘lgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, ammo Margretega ko‘ra, bu uning taxtdagi istiqbollari haqida o‘ylashga majbur qildi. Daniya qirolichasi taxtdan voz kechish niyatini e’lon qilganida, uning nutqini tinglash uchun Kopenhagendagi Amaliyenborg saroyi oldida to‘plangan odamlar qarsak chalib yubordi.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing