G‘aziyev Abu-Dabidagi nufuzli turnirda g‘olib bo‘ldi

Sport

O‘zbekiston Otchoparlik va ot sporti federatsiyasi prezidenti Bahromjon G‘aziyev Abu-Dabida o‘tkazilgan xalqaro konkurs turnirida g‘alaba qozonib, 60 dan ortiq kuchli raqibni ortda qoldirdi va o‘zbek ot sportining jahon darajasidagi salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.

G‘aziyev Abu-Dabidagi nufuzli turnirda g‘olib bo‘ldi
Musobaqalar 11–15 fevral kunlari CSI5* toifasidagi xalqaro turnir doirasida o‘tkazildi. Turnirning CSI2* Al-Khail Square Cup (130 sm) yo‘nalishida Bahromjon G‘aziyev barcha ishtirokchilar orasida eng yaxshi natijani ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston terma jamoasining otlari majburiy veterinariya ko‘rigidan (vet-check) muvaffaqiyatli o‘tgan va bu sportchilarga startga muammosiz chiqish hamda yuqori natija ko‘rsatish imkonini bergan.

Ushbu g‘alaba o‘zbekistonlik sportchilarning jahon ot sportidagi o‘sib borayotgan darajasini tasdiqlab, mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing